Sport | 20:39 / 15.10.2016
12634
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Chempionati-U19. O‘zbekiston Tojikiston bilan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi

Foto: the-afc.com

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida o‘zining ilk o‘yinini Tojikistonga qarshi o‘tkazgan O‘zbekiston termasi irodali g‘alabaga erishdi — 2:1.

Hisob 19-daqiqada tojikistonlik futbolchilar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda Jasur Abduraimov shogirdlari 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Birozdan keyin guruhdagi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazish uchun Xitoy hamda Avstraliya termalari maydonga chiqib keladi.

Osiyo Chempionati U19
“D” guruhi. 1-tur

15 oktabr, shanba

O‘zbekiston — Tojikiston 2:1
Gollar
: Karomatullo Saidov, 19 (0:1). Saidjamol Davlatjonov, 68 (1:1). Jasur Yaxshiboyev, 72 (2:1).

O‘zbekiston: Umid Ergashev — Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Aziz G‘aniyev, Sanjar Qodirqulov (Saidjamol Davlatjonov, 46), Jasur Yaxshiboyev, Sharof Muhiddinov, Oybek Rustamov, Bekzod G‘anijonov (Bobir Abdixoliqov, 46), Nurillo To‘xtasinov (Jamshid Yusupov, 46).

Mavzuga oid