«Klub rahbariyati «Metallurg» jamoasida 2018-2021 yillar davomida faoliyat yuritgan mutaxassisning qarorini qabul qildi va uning iste'fosini rasman e'lon qildi. «Metallurg» PFK jamoasi Andrey Sergeyeviçga Bekoboddagi samarali faoliyati uçun minnatdorlik bildiradi», - deyiladi xabarda.

Uning örniga taniqli mutaxassis Jasur Abduraimov «Metallurg» boş murabbiyi etib tayinlangan.
«Bugun «Metallurg» PFK rahbariyati Jasur Abduraimovni jamoa a'zolariga rasman boş murabbiy sifatida taniştirdi va Jasur Birodoroviçning kelgusi faoliyatiga omad tiladi», - deyiladi klub xabarida.
Jasur Abduraimov keyingi turdan boşlab klub boş murabbiyi sifatida jamoani maydonga olib tuşadi. U bungaça «Paxtakor» klubi murabbiylar ştabida faoliyat yuritayotgandi.
Avvalroq, Tribuna.uz «Metallurg» boş murabbiyi Andrey Şipilov iste'foga çiqqani va uning örniga bugungi «Bunyodkor»ga qarşi uçraşuvda futbolçilarni jamoaning yordamçi murabbiyi Fevzi Davletov maydonga boşlab tuşişi haqida xabar bergandi.
Eslatib ötamiz, Superliga 1-turidan keyin «Metallurg»dan taşqari, «Navbahor» klubi ham boş murabbiy Nö'mon Hasanovni iste'foga çiqargandi. Uning örniga Viktor Jalilov Namangan klubi boş murabbiyiga aylangandi.












