Uchtepa tumanida “Kamalak yulduzlari" festivali o‘tkazildi
Mamlakatimizning iqtidorli bolalarini aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste'dod va mahoratlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida har yili an'anaviy tarzda “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyot festivali o‘tkaziladi. Unda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli bolalar ishtirok etib, yutuqlarga erishib kelmoqdalar.
Shu an'anaga amal qilgan holda kuni-kecha Uchtepa tumanidagi 28-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida festivalining Uchtepa tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur festivalning tuman bosqichiga 2200ta ariza kelib tushgan.
Shuni aytib o‘tish joiz-ki, ushbu saralash bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar soni shahrimizning boshqa tumanlarga qaraganda ko‘proq bo‘ldi. Uchtepa tumanida iqtidorli yulduzchalar soni ko‘p ekanligi barchani birdek quvontiradi.
Ishtirokchilar 6 ta yo‘nalishda o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon etdilar. Hammasi beg‘ubor bo‘lgan kichik iqtidorlarning ichida kim g‘olib bo‘lganini aniqlashda hakamlar qiyinchilikga duch kelgan bo‘lsalar-da, yakunda har bir yo‘nalishdan 10 tadan g‘olib aniqlandi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 60 nafar iqtidorli yoshlar shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Barcha sovrindorlar tuman miqyosida tashkil etiladigan yakuniy konsert dasturida diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Uchtepa tuman Kengashi matbuot xizmati
Mavzuga oid
07:40
Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ni sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
13:49 / 16.08.2024
Toshkentda ikki nafar bola ko‘p qavatli uy xonadonidagi yong‘indan qutqarildi
10:43 / 30.07.2024