Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkachi samolyoti Rossiyaning Suriyadagi bazasi yaqinidan uchib o‘tdi
Amerikaliklarning kemalar harakatini kuzatuvchi R-8A Poseidon rusumli harbiy samolyoti 16 oktabr kuni O‘rta Yer dengizining sharqiy hududida, Rossiya kemalari joylashgan hududdan uchib o‘tdi. Bu haqda harbiy aviatsiyadagi manbaga asoslangan holda «Interfaks» agentligi xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, AQShning Sitsiliyadagi Sigonella aviabazasidan chiqqan samolyot Rossiyaning Tartusdagi kemalariga 100 km masofada yaqinlashgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda bort raqami 168858 bo‘lgan R-8A samolyoti Kipr va Livan o‘rtasida, Suriya qirg‘oqlaridan uzoq bo‘lmagan hududlarda aylana hosil qilib uchib yuribdi.
Keyingi vaqtlarda amerikaliklarning Rossiya bilan chegaralarda kuzatuv parvozlari ko‘paygan.
15 oktabr kuni Sitsiliyadagi bazadan ko‘tarilgan RQ-4 Global Hawk strategik razvedka droni Qrim yaqinidan uchib o‘tdi.
Oktyabr oyi boshida ham P-8A Poseidon samolyoti O‘rta Yer dengizining sharqiy akvatoriyasida parvoz qilgan, boshqa bir RC-135W samolyoti Qora dengizidan Qrimga yaqinlashib uchgandi.
Mavzuga oid
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
14:39 / 31.05.2026
Ukraina Taganrog portida tanker, ikki samolyot va «Iskander» tizimini yo‘q qildi
11:05 / 31.05.2026