Rostov oblasti gubernatori Yuriy Slyusar Taganrog portida tanker va yoqilği saqlanuvçi rezervuarlar, şuningdek, ma’muriy bino yonib ketganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, jabrlanganlar yöq.
Şahar meri Svetlana Kambulova xabar berişiça, portda «priçaldagi yuklaş infratuzilmasi» ham şikastlangan, şaharda esa bir neça binolarning, jumladan, bolalar boğçasi derazalari tökilgan. Uning ma’lumotlariga köra, ikki kişi dronlar parçasi qulaşi oqibatida yaralangan. Hujumdan keyin şahar rasmiylari dronlar hujumi tufayli 27 kuni joriy etilgan «favqulodda holat rejimi çegaralari»ni kengaytirişga qaror qilgan.
Merning hisobot berişiça, portdagi yonğin bartaraf etilgan, neft sizib çiqişi röy bermagan.
Ukraina qurolli kuçlari Pilotsiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi («Major» çaqiruv belgisiga ega) Taganrog portida «yaşirin flot»ga mansub tanker hamda «Kurgannefteprodukt» neft bazasiga zarba berilganini ma’lum qilgan.
Bundan taşqari, uning sözlariga köra, Taganrogdagi harbiy aerodromda Tu-142 rusumli ikkita samolyot va «Iskander» raketa kompleksi yöq qilingan. Brovdi aerodrom va tankerga berilgan zarbalar aks etgan videolarni e’lon qilgan.

Dron orqali olingan videodan skrinşot
Şuningdek, dronlar anneksiya qilingan Qrim hududidagi Feodosiya şahridagi neft bazaga ham hujum qilgan. Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda hujumdan keyin bazada yonğin çiqqani aks etgan.


Qrimda Ukraina dronlari R-280 «Novorossiya» federal trassasini (yarimorolni Rostov oblasti bilan boğlaydi) minalaştirişi oqibatida benzin taqçilligi boşlangan. Yonilği quyiş şoxobçalarida benzin talon bilan sotilmoqda – bir kişi bir kunda 20 litrdan ortiq yoqilği xarid qila olmaydi. Şu bilan birga, köplab zapravkalarda yoqilği şunçaki qolmagan. Hudud rahbari Sergey Aksenov vaziyat yaqin 30 kun içida normallaşişini va’da qilmoqda.














