Jahon | 19:38 / 16.10.2016
8093
1 daqiqa o‘qiladi

Lozannadagi uchrashuvda Suriya bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishilmadi

Foto: bbc.com

Rossiya, AQSh va Yaqin Sharq davlatlari vakillarining Lozannadagi uchrashuvida Suriya masalasi bo‘yicha uch jihat muhokama qilindi, biroq ulardan birortasi bo‘yicha kelishuvga kelinmadi. Bu haqda Misr tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahmad Abu Zayd yozdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Lozannadagi uchrashuvda uch masala: gumanitar yordam yetkazish, siyosiy jarayonni biror-bir dastlabki shartsiz davom ettirish va terrorchilarni o‘rtamiyona muxolifatdan ajratish muhokama qilindi. Uchrashuv hech qanday natijaga olib kelmadi, tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar", deb aytdi Abu Zayd.

Abu Zaydning ta'kidlashicha, ba'zi davlatlar vakillari "joylarda muxolif guruhlarga ta'sirni yo‘qotishdan ko‘rqmoqdalar". Uning aytishicha, muhokama davomida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishga qanday erishish borasida kelishmovchilik bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid