Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BMTning yangi saylangan Bosh kotibini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z maktubida O‘zbekiston BMTni butun jahon tinchligi va barqarorligini saqlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning ko‘plab murakkab muammolarini hal etish, izchil rivojlanishni ta'minlash va ekologiyani himoya qilishdagi universal xalqaro tuzilma deb hisoblashini ta'kidlagan.
Shavkat Mirziyoyev BMTga a'zo davlatlarda barqaror va keng ko‘lamli rivojlanish bo‘yicha tashkilotga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda Antoniu Guterrishni qat'iy qo‘llab-quvvatlashini bildirib, o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgan.
Mavzuga oid
19:36 / 21.04.2026
BMT bosh kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
08:43 / 12.01.2026
Guterrish Eronda namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishini keskin qoraladi
13:19 / 03.01.2026