Jamiyat | 09:36 / 17.10.2016
4206
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi qamoqxonada isyon chiqishi oqibatida 25 mahbus halok bo‘ldi

Braziliyaning Boa-Vista shahridagi qamoqxonada yakshanba kuni ro‘y bergan isyon tufayli kamida 25 nafar mahbus halok bo‘lgan. Bu haqda Rorayma shtati politsiyasiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Tartibsizliklar qamoqxonaga mahbuslarning qarindoshlari kiritilgan vaqtda boshlangan, bu vaqtda qamoqxonaga yaqinlarini ziyorat qilib kelgan 100 nafar kishi garovga olingan.

Folha de Boa Vista nashrining yozishicha, isyon qamoqxonadagi ikki guruh, Rio-de-Janeyro va San-Pauli vakillaridan iborat guruhlarning ziddiyati sabab bo‘lgan.

Hukumat qamoqxonaga tartibsizliklarni bostirishga mo‘ljallangan maxsus politsiya otryadlarini yuborgan. Kechga yaqin politsiyachilar qamoqxona binosiga kirishgan va isyonni bostirib, garovdagilarni ozod qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid