Jahon | 07:46 / 17.10.2016
11648
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq harbiylari Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyani boshlashdi

Foto: Reuters

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy telemurojaat orqali Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Iroqning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahari bo‘lgan Mo‘sul 2014 yildan beri terrorchilar qo‘lida qolmoqda. Iroqlik harbiylar bu operatsiyaga uzoq tayyorgarchilik ko‘rishdi. Ma'lum qilinishicha, terrorchilarga qarshi 60 mingdan ko‘proq iroqlik harbiy kurashmoqda. Ularga Iroq harbiy-havo kuchlari va AQSh artilleriyasi ko‘mak ko‘rsatmoqda. Harbiylarga shuningdek mahalliy politsiya ham yordam beradi.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Iroq harbiy-havo kuchlari Mo‘sul aholisi ustidan minglab varaqalar tashlab, uning aholisini operatsiya boshlanishidan ogoh etgan. Hukumat tinch aholini o‘z uylarida qolish va shaharning ochiq hududlaridan uzoqroq bo‘lishga chaqirgan.

Mavzuga oid