Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda uch ko‘zli va ikki burunli to‘ng‘iz tug‘ildi
Xitoyda uch ko‘zli va 2 burunli to‘ng‘iz dunyoga keldi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi.
U mamlakatning janubi-g‘arbidagi fermalardan birida tug‘ildi.
"Dastlab men undan qo‘rqdim, keyin esa u menga beozordek tuyula boshladi", - dedi ferma egasi Xe Jusyan.
Manbada ta'kidlanishicha, ferma xodimlari to‘ng‘iz bolasini sut solingan butilkadan oziqlantirishmoqda, chunki mustaqil oziqlanish unga qiyinchilik tug‘diradi. Videotasvirda uch ko‘zli to‘ng‘izning boshqalariga nisbatan kichikroq ekanligini ko‘rishingiz mumkin.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026