Texnologiya | 11:17 / 19.10.2016
8607
2 daqiqa o‘qiladi

Apple navbatdagi taqdimoti o‘tkaziladigan sanani e'lon qildi

Foto: ibtimes

Apple kompaniyasining navbatdagi taqdimoti joriy yilning 27 oktabrida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda MacBook Pro noutbuklarining yangi avlodi namoyish etilishi kutilmoqda. Bu haqida The Verge xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, noutbuklar qatori oxirgi marta 2012 yilda  yangilangandi. O‘shandan buyon MacBook Pro'ga faqat Retina ekran va Force Touch'ni qo‘llovchi trekpad qo‘shildi. 

Bloomberg agentligi bundan avval kuzgi taqdimotda iMac, MacBook Air'ning yangi modellari, shuningdek 5K'li monitorni taqdim qilinishi mumkinligi haqida yozgandi. Tasdig‘ini topmagan ma'lumotlarga ko‘ra, yangi MacBook Pro ingichkaroq bo‘lib, uning klaviaturalari ham yapaloqroq ko‘rinish olgan, shu bilan birga unda qo‘shimcha ma'lumot olish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha sensor OLED-ekran ham mavjud. 

Shuningdek manbada 2016 yilda Mac kompyuterlari sotuvlari tushib ketgani eslatib o‘tildi. Joriy yilning ikkinchi choragida 4,4 million qurilma sotildi, bu 2015 yilning xuddi shu davriga nisbatan 400 mingga kam. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid