Jahon | 12:06 / 19.10.2016
7792
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston quyi palatasi Boyqo‘ng‘ir maqomini o‘zgartirishni ma'qulladi

Foto: RIA

Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) RF bilan Boyqo‘ng‘ir maqomi bo‘yicha mavjud bitimga o‘zgartish kiritishga oid kelishuvni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

"Ushbu hujjatdan maqsad, Boyqo‘ng‘irga ikki tomonlama soliq solish masalasini hal etishdan iborat. Bugungi kunda Boyqo‘ng‘irdagi qozoq tadbirkorlariga  qo‘shimcha qiymat solig‘i solinadi. O‘z navbatida, boyqo‘ng‘irlik (rossiyalik) soliq to‘lovchilar bu QQSni hisobga olishga haqli emas va shu bois mahsulot narxi o‘z-o‘zidan ko‘tariladi. Ayni chog‘da, Rossiya soliq kodeksiga binoan, 18 foizlik QQS ham to‘lanadi", — deb qayd etgan Qozog‘iston moliya vaziri Baxit Sultonov quyi palata plenar majlisida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududida Boyqo‘ng‘irdan keltirilgan mahsulotlarni sotishda ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin. Shu sabab, sun'iy ravishda narx ko‘tarilishi ta'minlanadi. 

Yangi o‘zgartishlar esa, QQSni birgina Boyqo‘ng‘irda olishni va shu bilan tadbirkorlar va aholiga qulaylik taqdim etishni ko‘zda tutadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid