Boyqönğir kosmodromida Rossiyaning «Soyuz MS-28» kosmik kemasi uçirilgandan söng xizmat körsatiş kabinasining bir qismi qulagan. Bu haqda raketa uçirilişi böyiça tahlilçi Georgiy Trişkin 27 noyabr, payşanba kuni The Insider naşriga bergan izohida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, öta oğir konstruksiya tongdagi startdan söng darhol 31-maydonça ostiga qulagan. Hodisa sabablari hali noma’lum.

Kosmonavtika bilan şuğullanuvçi Vitaliy Yegorov ta’kidlaşiça, «Roskosmos» translatsiyasida «start stoli ostidagi gaz çiqariş lotogida u yerda bölişi mumkin bölmagan qandaydir oğir metall konstruksiya paydo bölgani» köringan.

Yegorov taxminiga köra, bu «xizmat körsatiş “balkoni” bölişi mumkin — u start stoli ostidagi maxsus joydan çiqib keladi, raketa startga tayyorlanayotganda foydalaniladi, start paytida esa zirhli devor ortiga yaşirinib ketişi kerak».

Trişkin ta’kidlaşiça, Boyqönğirdagi 31-start maydonçasi Rossiyaning Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga odamlar ekipaji bilan uçadigan missiyalari uçun yagona start maydonçasidir. Uning fikriça, endi «Soyuz» va «Progress» kemalarini XKSga uçiriş noma’lum muddatgaça keçiktirilişiga töğri keladi.

Yegorov esa öz navbatida şunday dedi: «Aslida şu kundan boşlab Rossiya kosmosga odam yuboriş imkoniyatidan mahrum böldi, bunday holat 1961 yildan beri kuzatilmagan edi».

Rossiya davlat korporatsiyasi «Roskosmos» start maydonçasi şikastlangani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Boyqönğir kosmodromidan «Soyuz MS-28» kosmik kemasi uçirilgandan söng start maydoni közdan keçirilib, «start stoli elementlarining bir qismi şikastlangani aniqlandi», deb xabar berildi «Roskosmos»da. Şu bilan birga, «qayta tiklaş uçun zarur bölgan barça zaxira qismlar mavjud»ligi, «yaqin vaqt içida zarar bartaraf etilişi» ta’kidlandi.