Jahon | 10:15 / 19.10.2016
5044
1 daqiqa o‘qiladi

Madriddagi muhojirlar norozilik bildirmoqda

Foto: ABC

Ispaniya poytaxti xorijliklarni vaqtincha saqlash markazidagi o‘nlab noqonuniy muhojirlar norozilik uyushtirishdi. Bu haqda, El Confidencial xabar qilmoqda.

60 nafarga yaqin muhojirlar markaz xavfsizlik xizmati xodimlari talablariga bo‘ysunishdan bo‘yin tovlab, ular bilan ziddiyatga borgan. Bunda, ularning bir qismi binoning tomiga chiqib olgan. Muhojirlarning aksariyati jazoirlik ekani aytilmoqda. 

Muhojirlar o‘zlarining mamlakatdan chiqarib yuborilishiga qarshilik ko‘rsatish maqsadida «isyon» ko‘targan. Ammo, mazkur aksiya avvaldan rejalashtirilgani xabar qilinmoqda. Shuningdek, huquq-tartibot xodimlari orasida jabrlanganlar borligi haqida axborotlar mavjud. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid