Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
McDonald’s soqov kishi bilan suhbatlashmagani uchun jazolandi
Foto: yahoo.com
AQShning McDonald’s kompaniyasi, Missuri shtati janubi-sharqidagi restoran menejyeri soqov kishi bilan suhbat o‘tkazishni rad etgani uchun 56,5 ming dollar miqdorida jarima to‘laydi. Soqov odam ish qidiruvchi bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Bandlikka teng imkoniyatlar masalalari bo‘yicha komissiyaning ma'lum qilishicha, yosh kishi 2012 yilda Beltondagi McDonald's restoranida ishga joylashish maqsadida onlayn ariza topshirgan. U shu paytgacha oshpaz va restoran farroshi kabilarda ish tajribasiga ega bo‘lgan.
Komissiya tomonidan berilgan arizada aytilishicha, restoran menejyeri ish qidirayotgan kishiga surdotarjimon kerakligini bilgach, suhbatni bekor qilgan. Bunda, ariza beruvchining singlisi bu xizmatni ado etishni taklif qilganini e'tiborga olmagan.
Mavzuga oid
22:20
Tramp Eron portlarini dengiz orqali to‘liq qamal boshlanganini e’lon qildi
22:16
Sud Trampning WSJ nashriga 10 milliard dollarlik da’vosini rad etdi
22:02
AQShning yangi rejasi: Ho‘rmuz blokadasi amalga oshadimi?
20:22