Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:30 / 19.10.2016
10499
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Oq uyda oxirgi rasmiy qabul o‘tkazadi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda mamlakat rahbari sifatida oxirgi rasmiy qabulni o‘tkazmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Obama va uning rafiqasi Mishel Obama Oq uyda Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi va uning rafiqasi Aneze Landinini qabul qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, taniqli bosh oshpaz Mario Batali boshchiligidagi dabdabali kechki ovqat Oq uyning janubiy o‘tlog‘ida chodir ostida tashkil etiladi va amerikalik qo‘shiqchi Gven Stefani ishtiroki bilan yakunlanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish