Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Mo‘suldan chiqqan dastlabki 900 qochqin haqida ma'lum qildi
Foto: AFP
Mo‘sul shahri Iroq hukumat qo‘shinlari va koalitsiya kuchlari tomonidan qamal qilingach, shahardan 900 kishi qochib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakillari BBC nashriga ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda bu qochqinlar Suriya hududida, Iroq chegarasi yaqinida o‘rnatilgan chodirli qarorgohga joylashtirilgan. Shahardagi vaziyat barqarorlashmaguniga qadar qochqinlar shu lagerda qoladi.
BMTdagilar qochqinlar qiyofasida Mo‘suldan jangarilar chiqishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirib o‘tgan.
Mo‘sul shahrini qamal qilish 17 oktabr kuni tongida boshlandi. Iroq harbiylari AQSh rahbarligidagi koalitsiya yordamida 2 yildan buyon IShID qo‘lida bo‘lgan bu yirik shaharni qaytarib olishni maqsad qilgan.
Shahar avvaliga artilleriyadan o‘qqa tutildi, keyin zirhli texnikalar jangga kirishdi. Havodan koalitsiya samolyotlari belgilangan obektlarga zarbalar bermoqda.
Pentagon jangarilar tinch aholi vakillaridan "jonli qalqon" o‘rnida foydalanishi mumkinligidan tashvishini bildirgan.
2014 yilda jangarilar egallab olganida shahar aholisi 2 million kishini tashkil qilardi. Jangarilar kelganidan buyon ko‘p kishilar qochib ketdi, shaharda qolganlar soni 700 ming nafarga yaqinni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
14:14 / 08.01.2026
Germaniya TIV rahbari Grenlandiya masalasi tufayli AQShga BMT nizomini eslatdi
08:08 / 08.01.2026
AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda
13:19 / 03.01.2026