Sport | 21:47 / 20.10.2016
22333
2 daqiqa o‘qiladi

Buddist muxlis: «Krishtianu bunchalar ahmoq deb o‘ylamagandim»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga buddaviylik diniga e'tiqod qiluvchi kishilarni haqoratlovchi post qo‘ydi.

Bu suratda futbolchi budda haykaliga oyoq tirab turadi. U surat ostiga shunday yozgan: «Xayrli tong».

Buddizm dini vakillari bo‘lgan minglab kishilar portugaliyalik futbolchining bu harakatidan norozi bo‘lishmoqda.

«Bu hurmatsizlik… Qanday qilib sen Buddaning ustiga oyoq qo‘yding? Men Krishtianu bu darajada ahmoq deb o‘ylamagandim. Bugun sen o‘z muxlislaringdan birini yo‘qotding»,  deya surat ostiga fikr yozgan foydalanuvchilardan biri.

«Senda odobsizsan. Bu Buddaning haykali. Qanday qilding buni…», deya izoh yozgan boshqa bir foydalanuvchi.

«Bu Buddaning haykali. U buddaviylarning ilohi. Ozgina bo‘lsa ham hurmat qilish kerak edi. Xunuk ish. Sen buni tushunib yetasan degan umiddaman CR7», degan surat ostiga yozganlardan yana biri.

Surat yuklanganidan hozirgacha, unga 30 mingga yaqin izoh yozilgan hamda 1 millionga yaqin "layk" bosilgan.

 

Mavzuga oid