Jahon | 12:23 / 20.10.2016
8811
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton Rossiyani amerikaliklarga qarshi josuslikda aybladi

Foto: AP

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan telebahslarda Rossiyani Amerika fuqarolariga nisbatan josuslikda aybladi. U Donald Tramp bilan o‘tkazgan munozaralarida shunday ayblov bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi. 

«Rossiya hukumati amerikaliklarga nisbatan ayg‘oqchilik bilan shug‘ullanayapti. Ular Amerika saytlari, jismoniy shaxslar akkauntlari va institutlarining sahifalarini buzishdi. Shundan keyin ular bu ma'lumotlarni internetda e'lon qilish uchun WikiLeaks saytiga taqdim etishdi», — degan Klinton.

Uning fikricha, bu Rossiya oliy rahbariyati, xususan prezident Vladimir Putinning shaxsiy ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Klinton xonimning aytishicha, bularning barchasi Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatish maqsadida qilingan. Bunda, Klinton xonim bayonotiga ko‘ra, rasmiy Moskvaning AQSh prezidentlik saylovida favoriti bor — u ham bo‘lsa Trampdir. Milliarder esa, Rossiyadan yordam olishda davom etmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid