Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp "Putinning qo‘g‘irchog‘i" bo‘lmaslikka va'da berdi
AQSh prezidentligiga respublikachilar nomzodi Donald Tramp demokratlar nomzodi Hillari Klintonning so‘nggi teledebatlardagi "hujumi"ga javoban "Putinning qo‘g‘irchog‘i" bo‘lmaslikka va'da berdi.
Shu o‘rinda Tramp Rossiya davlat rahbari bilan shaxsan tanish emasligi, lekin Putin u haqida yaxshi fikrda ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
U IShID va boshqa radikal guruhlar bilan kurashda Moskva bilan hamkorlik qilish yaxshi natija berishiga umid bildirdi.
Bu so‘zlar Putinning yaqinda aytgan gaplariga aks-sado sifatida yangradi: o‘tgan hafta Rossiya prezidenti Obama AQSh rahbari lavozimini tark etganidan keyin aloqalarning tiklanishiga umid bildirib, Tramp haqida ijobiy fikr bildirgandi.
Tramp "g‘alabaga erishgan taqdirda Putinga qarshi faoliyat olib borishga va'da berayotgan raqibining sabrsizligi"ni Putinning Klintondan har bir siyosiy pog‘onada ustun ekanligi bilan izohladi.
Tramp Klinton va amerikalik amaldorlarga qarshi uyushtirilgan kiberhujumlar ortida kim (Rossiya, Xitoy yoki boshqa birov) turgani hali noma'lumligini ta'kidladi. Oq uy maxsus xizmatlar ma'lumotlariga tayanib, bunda Kremlni rasman aybladi va shunga munosib javob qaytarishga va'da berdi, chex politsiyasi esa gumondor rossiyaliklardan birini qo‘lga oldi. Putin bu mojarolarga Rossiyaning aloqadorligini inkor etdi.
Tramp aksariyat G‘arb siyosatchilarining fikrini qo‘llab-quvvatlab, Suriyaning Halab shahrida ro‘y berayotgan voqealarni "halokat" deb atadi, biroq mintaqadagi inqirozda javobgarlikni Klinton va uning bosh kotib lavozimida olib borgan tashqi siyosatiga yukladi.
U Suriya prezidenti Bashar Asadning iste'fosi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasdiqladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh isyonchilar haqida hech narsani bilmay turib, ularni qo‘llab-quvvatlamoqda, suriyalik qochqinlar esa ko‘pincha IShID qatoriga qo‘shilmoqda.
O‘tgan shanba kuni chop etilgan Reuters agentligi va Ipsos sotsiologlarining hamkorlikda o‘tkazgan so‘nggi so‘rovnoma natijalari prezidentlik poygasida Klintonning Trampdan o‘zib ketayotganini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026