Sport | 19:24 / 20.10.2016
9817
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zil «Arsenal»da qolishi uchun nima talab qilishini aytdi

«Arsenal» jamoasi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil Arsen Vengerning jamoadagi kelajagi noma'lum qolayotgani uchun jamoa bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.

Manbaning yozishicha, O‘zil «Arsenal»dagi eng muhim shaxs hisoblaydigani bo‘lmish ushbu fransiyalik mutaxassis jamoada qolishini istaydi.

«Arsenal» Vengerga yangi shartnoma qilgan, u bilan amaldagi shartnoma 2017 yilning yozida tugaydi.

Germaniyalik futbolchiga Venger qo‘l ostida o‘ynash yoqadi va u Vengerning qolishi kafolatlangan taqdirdagina«Arsenal» bilan hamkorlikni davom ettiradi, aks holda shartnomani uzaytirish bo‘yicha boshqacha qaror qabul qilinishi mumkin.

O‘zil va «Arsenal» shartnomaning boshqa jihatlarini kelishib bo‘lgani aytilgan.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid