«Arsenal» boş murabbiyi sifatida qolişi oydinlaşgan Arsen Venger yozgi transferlar vaqtida jamoa yetakçilari Mesut Özil hamda Aleksis Sançesni sotib yubormoqçi. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.

Uşbu futbolçilarning şartnomalari muddatlari 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan bölib, bu şartnomalar şu vaqtgaça uzaytirilmadi. OAVda uşbu futbolçilar haddan taşqari köp maoş talab qilayotgani tufayli kelişuvga erişilmagani aytilgan.

Şuningdek, Arsen Venger va uşbu futbolçilar örtasidagi munosabatlar sovuqlaşgan.

Xabarda aytilişiça, Venger uşbu futbolçilarning transferi orqali tuşgan mablağlarni jamoani qaytadan quriş uçun yönaltirmoqçi.

Ayni vaqtda Sançesga Angliyaning bir qator jamoalaridan, xususan «Çelsi» va «Mançester Siti» hamda xorij çempionatlaridan talab mavjud. Rahbariyat uni içki çempionatdagi raqiblarga bermoqçi emas. Köp ehtimol bilan u «PSJ»ga transfer qilinişi mumkin. 

Mesut Özil esa «Real»ga qaytişi mumkin. Jamoa uşbu futbolçilarni 75 million funtga pullaşi mumkin.