«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger hozirça kelgusida ham jamoada qoliş-qolmasligini aniq bilmasligi haqida gapirgan.

«Menda yangilik yöq. Ammo nima bölgan taqdirda ham men «Arsenal»ga sodiq qolaman. Men bu yerda qança vaqt işlaganim va yana qança vaqt işlaşim muhim emas, men bor e'tiborimni öz oldimdagi vazifani bajarişga qarataman. Hozir bizda qiyin davr keçmoqda, natijalar yomon. Bu haqda jiddiy öylaş kerak, mening kelajagim haqida emas. «Arsenal»da ikkita zaxira öyini bor, şuningdek, Angliya Kubogi yarim finaliga çiqqanmiz, şunday ekan mavsumni yaxşi natija bilan yakunlaş özimizga boğliq», degan Venger.

Arsen Venger «Arsenal»da 1996 yildan buyon uzluksiz işlab kelmoqda. Uning amaldagi şartnomasi şu mavsum oxiriga qadar tuzilgan. Jamoa muxlislari uning ketişini, rahbariyat esa qolişini istamoqda.