«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger murabbiylik faoliyatini davom ettirişini ma'lum qildi.
«Men faoliyatimni tugatmoqçi emasman, bu yoşlar uçun. Men kabi keksa kişilar uçun kasbni taşlaş ölimga teng.
Şubhasiz, men klubga yangi kelgan vaqtimdagi kabi ğalabalarga çanqoqman. Hozirda yigirma yil avvalgiga qaraganda kuçliroq bosimni his qilmoqdaman, ammo hamon ğalaba qozonişni istayman.
Öşa vaqtdagi «Arsenal» bilan hozirgisini taqqoslaş mumkin. Yigirma yil avval klubda 70 kişi işlar edi, hozir esa 700 nafar xodim. «Arsenal»ning bir dona aksiyasi öşanda 400 funt turar edi, hozir - 18 000», - degan Venger The Telegraph muxbiriga.
Eslatib ötamiz, Vengerning şartnomasi yozda nihoyasiga yetadi, fransiyalik mutaxassis hozirça kelajak böyiça aniq qaror qabul qilmagan.












