Jahon | 09:15 / 22.10.2016
5083
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Suriyadagi uchinchi kimyo xurujida mamlakat hukumatini aybladi

BMT Suriya hukumatini mamlakat hududida amalga oshirilgan uchinchi kimyoviy xurujda aybladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Bu haqda BMT XK maxfiy hisobotida so‘z yuritilgan. 

Qayd etilishicha, mazkur hujjat BMT va Kimyo qurolini taqiqlash tashkiloti hamkorlikda olib borgan 13 oylik tergov ishlari natijasiga asoslangan. Unda, kimyoviy qurol 2015 yil 16 martida Idlib viloyatining Kaminas aholi punktida qo‘llanilgan. 

Avvalroq, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin, BMT va KQTTning hisobotidagi kimyo quroli qo‘llanilishi haqidagi ayrim ma'lumotlar uydirma bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid