AQShning yirik nashri birinchi marotaba Trampni qo‘llab-quvvatlab chiqdi
AQShning Las Vegas Review-Journal nomli kundalik gazetasi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan birinchi yirik nashr bo‘ldi.
Gazetada chop etilgan maqolada AQSh dunyo sahnasida yetakchi o‘rinlarni boy berayotgani, o‘rta sinf qiyin ahvoldaligi, amaldagi prezident Barak Obamaning siyosati "davlatni 20 trln dollarlik qarzga va majburiyatlarga olib kelgani, bu esa farzandlar va nabiralar gardaniga og‘ir yuk bo‘lib tushishi" aytilgan.
Nashrning fikricha, Oq uy rahbari lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylovda g‘olib bo‘lsa, Obamaning siyosatini davom ettiradi. Tramp esa "korporativ sezgirlik va tosh bo‘lib qotgan Vashingtonning siyosiy elitasiga qat'iylik olib kelishi mumkin". Misol uchun, Tramp soliqlarning kamaytirilishi va soliq qonunchiligini soddalashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning "do‘stiga" aylanishga va'da beradi.
Avvalroq Donald Tramp AQShning yetakchi OAVlarini go‘yoki unga qarshi fitna uyushtirayotganlikda tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
19:37
AQShda parkdan o‘g‘irlab ketilgan olti yoshli bola 70 yildan so‘ng topildi
19:24
AQShda ikki kishida miyani yeb qo‘yadigan chuvalchanglar aniqlandi
09:50
RF AQSh saylovlariga ta’sir qilish uchun ko‘plab SI-kontentni ishlab chiqqani aytildi
23:07 / 23.09.2024