Jahon | 17:06 / 24.10.2016
24450
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQSh sanksiyalariga boshqacha javob tayyorladi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya tomoni AQSh sanksiyalariga nisbatan «nosimmetrik» bo‘lgan «qator javob choralarini» tayyorlab qo‘ygan. RF TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov shunday bayonot berdi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Biz bu davrdan ma'lum bir tadqiqot o‘tkazish hamda bir qator nosimmetrik tartibda qo‘llash mumkin bo‘lgan choralarni tayyorlash uchun foydalandik», — degan Ryabkov. 

U, shuningdek, bunday qadam AQShning Rossiyaga nisbatan uzoq davom etayotgan sanksiyalar qo‘llash siyosati tufayli amalga oshirilishini aytgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid