Texnologiya | 23:22 / 25.10.2016
13446
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda birinchi chipga o‘rnatilgan yurak paydo bo‘ldi

Foto: ndtv.com

Garvard universiteti tadqiqotchilari 3D-printer yordamida birinchi chipga o‘rnatilgan yurak yaratishdi. Bu qurilma hayvonlardan olingan tirik to‘qimalardan foydalanmagan holda tajribalar o‘tkazishga imkon beradi. Ish natijalari Nature Materials jurnalida chop etilgan. Uning videosi universitetning YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Bosma a'zo yurak to‘qimasi strukturasi va funksiyalarini qaytarish uchun yarim shaffof qayishqoq polimer materialdan tayyorlangan. Loyiha uchun 6 ta rangdagi maxsus siyohlar yaratilgan, ular yordamida sun'iy yurakka mikroskopik datchiklar o‘rnatish mumkin. Datchiklar chipga turli dori vositalari ta'sir qilganda uning urishini qayd qila oladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid