Yaponiyada olti soat içida 3D-printer yordamida bosilgan dunyodagi birinçi temiryöl stansiyasi qurildi, deb yozadi The Independent.
3D-printer texnologiyasidan foydalanilgan holda yaratilgan dunyodagi birinçi temiryöl stansiyasi Osaka janubida joylaşgan Arida şahrida paydo böldi. Yangi konstruksiya 75 yildan ortiq vaqt davomida xizmat qilgan yoğoç stansiyasi örnini egalladi.
Quriliş işlari atiga olti soat davom etgan — işlar keçasi, oxirgi poyezd jönab ketişi va birinçi poyezd kelişi oraliğida olib borilgan. Balandligi 2,6 metr, maydoni 9,3 metr kvadratga yetadigan stansiya temir-betondan qurilgan. Uning dizaynida mahalliy mahsulotlar ramzi bölgan mandarin va baliq tasvirlangan.
Loyiha Ğarbiy Yaponiya temiryöl kompaniyasi (JR West) va Serendix quriliş firmasi hamkorligida amalga oşirildi. JR West vakilining sözlariga köra, an’anaviy quriliş işlari ikki oydan ortiq davom etişi va ikki barobar qimmatga tuşişi mumkin edi.
Kumamoto prefekturasidagi zavodda 3D-printer yordamida konstruksiya elementlarini bosib çiqarişga yetti kun vaqt sarflangan. Şundan söng ular stansiya quriladigan joyga yetkazilib, bir keçada yiğilgan. Yangi stansiya temir-beton binolar standartlariga javob beradigan seysmik bardoşlilikka ega.
Asosiy bino tayyor bölsada, çipta avtomatlari va turniketlarni örnatiş işlari davom etmoqda. Stansiya yölovçilar uçun 2025 yil iyulda oçilişi kutilyapti.

















