Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florida shtatida muddatdan avval prezidentlik saylovlari boshlandi
Foto: EPA
AQShning Florida shtatida muddatdan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazish uchun saylov uchastkalari ochildi, deb ma'lum qildi 24 oktabrda Fox News telekanali.
Bu shtatdagi ovoz berish natijasi nomzodlardan birining g‘alabasi uchun hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, deb ta'kidlab o‘tdi telekanal. Floridadagi muddatdan avval ovoz berishda har saylovda borgan sari ko‘proq saylovchilar ishtirok etmoqda.
Oxirgi jamoatchilik fikrini o‘rganish so‘rovnomalari bu shtatda ikki asosiy nomzodlar – Xillari Klinton va Donald Tramp o‘rtasidagi farq ozligini ko‘rsatgan.
AQShda Floridadan tashqari yana 32 ta shtatda hamda Kolumbiya okrugida muddatdan avval saylov o‘tkazishga ruxsat berilgan. Shuningdek, bir qator shtatlarda, jumladan Floridada pochta orqali ovoz berish yo‘lga qo‘yilgan. Pochta orqali ovoz berish esa bir necha hafta oldin boshlangandi.
Ma'lum qilinishicha, AQShda muddatdan avval saylov o‘tkazish katta ahamiyatga ega, chunki prognozlarga ko‘ra, joriy saylovlarda saylov kunigacha 40 foiz saylovchilar ovoz berishga ulgurib bo‘lishadi.
Mavzuga oid
07:34
“Kondor”dan Venesuelagacha: AQSh–Janubiy Amerika munosabatlari tarixi
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026