Jamiyat | 09:43 / 25.10.2016
7434
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Moskvada 11-qavatdan o‘zini tashlagan qiz tirik qoldi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya poytaxti politsiyasi ko‘p qavatli uy derazasidan qizning qulab tushishiga oid xabarlar bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi, deya ma'lum qilmoqda RIA «Novosti» agentligi shahar IIV boshlig‘i matbuot xizmatiga tayangan holda. 

«Ushbu axborot yuzasidan tekshiruv olib borilayapti, voqeaning barcha jihatlari o‘rganilmoqda», — degan navbatchi ofitser.

Avvalroq, OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, 19 yashar qiz yosh yigit bilan janjallashib qolgach, o‘zini ko‘p qavatli uyning derazasidan tashlab yuborgan. Turli manbalarda uning 11-yoki 17-qavatdan sakragani aytilgan. Ammo, qiz bino hovlisida turgan avtomobil tomiga tushib, sog‘ qolgan. Hozirda, u og‘ir ahvolda shifoxonada ekani aytilmoqda. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid