O‘zbekiston | 20:44 / 25.10.2016
39706
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston viza masalasini muhokama qiladi

© Sputnik

O‘zbekiston va Tojikiston ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibini yumshatish masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Shoqosim Shoislomovga asoslanib Sputnik Tojikiston xabar tarqatdi.

"Avvalo bu chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning o‘tishlarini yengillashtirishga taalluqli. U shuningdek chegaroldi tumanlaridagi aholining chegaradan o‘tishi, viza olish jarayonini soddalashtirish va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi", — degan elchi.

Shu bilan birgalikda Shoislomov viza to‘laligicha bekor qilinishi haqida gapirishga erta ekanligini qayd etib o‘tgan.

"Ehtimol, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror Afg‘onistondagi radikal guruhlarning kirib kelish xavfi butunlay bartaraf bo‘lganidan keyin qabul qilinishi mumkin", — deya ta'kidlagan diplomat.

Shuningdek, u bundan 14 yil ilgari viza tartibi tojikistonliklarga qarshi emas, Tojikiston bilan 1,4 ming kilometr uzunlikdagi chegaraga ega Afg‘onistondan radikal guruhlarning kirib kelishining oldini olish uchun joriy etilganligini bildirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid