Fan-texnika | 17:57 / 25.10.2016
14918
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi kompaniyasi Galaxy Note 7’ga juda o‘xshash smartfonini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Mi Note 2 nomi ostida o‘zining yangi fabletini namoyish qildi. Taqdimotdan keyinoq OAV xitoylik ishlab chiqaruvchilarni Samsung kompaniyasining tanazzulga uchragan flagmani - Galaxy Note 7 dizayn elementlarini ko‘chirganlikda gumon qildi. 

Mi Note 2 aksariyat Android-flagmanlarda qo‘llanuvchi Snapdragon 821protsessori bazasiga qurilgan. Qurilma 5,7 dyuymli OLED-displey, 4 yoki 6 Gb operativ xotira, 22,56 megapikselli asosiy kamera va 4070 mAch sig‘imdagi akkumulyator bilan ta'minlangan. 

Galaxy Note 7 flagmanining ekrani ham 5,7 dyuym (lekin AMOLED), protsessori Exynos 8890 Octa — Samsung’ning shaxsiy ishlanmasi, 4 Gb operativ xotira, 12 megapiksel kamera va 3500 mAch sig‘imli akkumulyator.

64 Gb va 4 Gb’li Mi Note bahosi - 413 dollar, 128 Gb va 6 Gb’li model narxi esa - 516 dollar. 

Mi Note 2 ko‘proq o‘zining xususiyatlari emas, Note 7 dizayni tufayli e'tiborni jalb qildi. 

Mavzuga oid