Yangi seriyada asosiy urg‘u REDMI Titan Durability nomli brend konsepsiyasiga qaratilgan bo‘lib, u korpusning yuqori mustahkamligi, suv va changdan yaxshilangan himoya hamda xizmat muddati uzaytirilgan akkumulyatorlarni o‘z ichiga oladi.

Smartfonlardan tashqari, Xiaomi o‘z qurilmalar ekotizimini kengaytirishda davom etib, yangi REDMI Buds 8 Lite quloqchinlarini ham taqdim etdi.
Mustahkamlik va avtonomlik
REDMI Note 15 Pro+ 5G va REDMI Note 15 Pro 5G flagman modellari SGS Premium Performance sertifikatidan o‘tgan bo‘lib, bu ularning yiqilish, egilish va bosimga chidamliligini tasdiqlaydi. Qurilmalar, shuningdek, IP66, IP68 va IP69 himoya standartlariga javob beradi.
REDMI Note 15 Pro+ 5G modeli Silicon–Carbon texnologiyasiga asoslangan 6500 mA•soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan va 100 Vt quvvatli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Xiaomi ma’lumotlariga ko‘ra, batareya 1600 ta zaryadlash siklidan keyin ham sig‘imining 80 foizgacha qismini saqlab qoladi, bu taxminan olti yillik foydalanishga teng.

REDMI Note 15 modeli esa 6000 mA•soat sig‘imli kattalashtirilgan batareyaga ega. U 22,5 Vt yoki 18 Vt (modelga qarab) quvvatli reversiv zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kameralar
Seriyaning yuqori modellari yangi HPE sensori bilan jihozlangan 200 MP asosiy kameraga ega bo‘lib, sifat yo‘qotmasdan 2× va 4× optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Kichik modellar esa 108 MP kameralar bilan ta’minlangan.

Unumdorlik va ekran
REDMI Note 15 Pro+ 5G Snapdragon 7s Gen 4 platformasida ishlaydi va takomillashtirilgan IceLoop sovitish tizimiga ega. Barcha modellar 120 Gsgacha yangilanish chastotasi va 3200 nit gacha maksimal yorqinlikka ega AMOLED displeylar, shuningdek, Dolby Atmos’ni qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamiklar bilan jihozlangan.


















