Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya do‘stlik safari bilan Qirg‘izistonga bordi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Qirg‘izistonga safar qildi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati axborot bergan.
«Bugun Qirg‘iziston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad do‘stona, qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan iborat», — deyilgan xabarda.
«Do‘stuk» chegara nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Muhammadqali Abulg‘oziyev, bosh vazir o‘rinbosari Jyenish Razakov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Siddiqov, Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari, shuningdek, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib olgan.
Xabar berishlaricha, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati rahbarlari, davlat organlari, madaniyat, sport vakillari, diniy ulamolar o‘rin olgan.
Tashrif doirasida qator madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Xususan, mehmonlar O‘sh shahrida Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashib, Bobur nomidagi drama teatrida "Semetey Manas o‘g‘li" nomli teatrlashtirilgan dasturini tomosha qiladi.
Shuningdek, o‘zbek delegatsiyasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishadi, O‘sh davlat universitetida talabalar bilan uchrashadi. Tashrif nihoyasida delegatsiya vakillari "Sulayman-Too" tarixiy etnografik majmuasiga safar uyushtiradi.
Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillari do‘stona tashrif bilan Andijon shahriga kelgandi.
Mavzuga oid
22:40 / 03.09.2025
Qirg‘izistonlik qizcha shahar hokimidan onasini ishga joylashtirishni so‘radi
07:38 / 02.09.2025
O‘shda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligida sanatoriy yangi binosi quriladi
17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi
11:12 / 05.04.2024