Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyaning sobiq qiroli sudga chaqirildi
Foto: Reuters
Belgiyaning taxtdan voz kechgan 82 yoshli sobiq qiroli Albert II nikohsiz qizi — 48 yoshli Delfina Boelning otasini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ish doirasida sudga chaqirilgan. Bryussel birinchi instansiya sudi eshituvlari 2017 yil 21 fevralga belgilangan. Bu haqda Le Soir xabar bergan.
Albert II 2013 yilning 21 iyul kuni hokimiyatdan voz kechib, taxtni katta o‘g‘li Filippga topshirdi, ammo rasman qirol unvonini saqlab qoldi. Taxt bilan birga Albert II sud immunitetidan ham ayrilgan.
Boel xonim ishi bo‘yicha sud jarayoni 2013 yilning iyunida boshlangandi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, sud instansiyasi birinchi marta Belgiya qirolini eshituv ishiga chaqirdi.
Delfina Boel u Albert II ning benikoh tug‘ilgan farzandi sifatida rasman tan olinishini talab qilmoqda va buning uchun DNK tahlillarining o‘tkazilishini so‘ramoqda. Agar u Albert II ning qizi deb tan olinsa, sobiq qirol merosining bir qismiga da'vo qilishi mumkin, ammo qirollik oilasiga qo‘shilmaydi.
Mavzuga oid
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
19:35 / 25.12.2025
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
18:28 / 25.12.2025