Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda dunyo yetakchilari shaxsiy oshpazlarining qurultoyi boshlandi
Foto: © AFP
Hindiston poytaxti Dehlida dunyo yetakchilarining shaxsiy bosh oshpazlari o‘z klublari qurultoyida uchrashdilar, deb yozmoqda mahalliy matbuot.
Parijda 1977 yilda asos solingan Club des Chefs des Chefs klubi qurultoyi har yili turli davlatlarda bo‘lib o‘tadi. Bu yili Dehlida 20 tadan ko‘proq davlatdan kelgan oshpazlarni Hindiston bosh vaziri oshpazi Montu Saini kutib olmoqda.
Hindiston bosh vaziri shaxsan o‘zi bosh oshpazlarni qutladi, ular orasida Oq uy oshxonasi boshlig‘i Kristeta Kromfort va Buyuk Britaniya qirolichasining shaxsiy oshpazi Mark Flenagan bor.
"Barcha prezidentlar bir-birlari bilan uchrashishgan. Men bosh oshpazlar uchun o‘ziga xos G20’ni yaratish yaxshi g‘oya deb o‘ylagandim", deb aytdi tadbir ochilishida klub asoschisi Jil Bragar.
"Agar siyosat odamlarni ayirsa, yaxshi dasturxon ularni birlashtiradi", deb qo‘shimcha qildi Bragar.
Mavzuga oid
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
21:19 / 15.12.2025