Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimiyatdan yer olib berishga va'da bergan firibgar ayol qo‘lga olindi
2014 yilning fevral oylarida Bo‘ston shahrida yashovchi Sharofat Kazakova To‘rtkul tumani “Dehqon bozori”da fuqaro O‘tkir Ametov bilan tanishib qoladi va o‘zaro suhbat jarayonida Sh.Kazakova unga yuqori idoralarda ishlaydigan qarindoshlari, tanishlari bisyorligi bilan maqtanib, uning ishonchiga kiradi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
“Agar menga pul bersang, senga telefon tuzatadigan do‘kon ochishing uchun hokimiyatdan yer uchastkasi olib beraman”, deb undan 467 ming so‘m pul undiradi.
Xullas, oradan olti oy o‘tsa-da, na yerdan darak bo‘ladi, na puldan. Yuridik tilda aytganda, Sharofat Kazakova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etadi.
Sharofat Kazakovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining tergovi davomida uning boshqa kirdikorlari ham aniqlanib, guvohlarning ko‘rsatmalari, ashyoviy dalillar orqali fosh etildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudining hukmi bilan u 8 yil-u, 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
17:59 / 11.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda 155 mingdan ortiq jinoyat qayd etildi
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026