NRK: AQSh askarlarini Yevropaga joylab "rus ayig‘i"ni uyg‘otish kerakmas
Norvegiyalik ayrim siyosatchilar va harbiylar Amerika askarlarini mamlakat hududida joylashtirishga qarshi chiqishmoqda. Ular bu qadam "rus ayig‘i"ning jahlini chiqarishidan xavotirda, deyiladi Norvegiya radioeshittirishlar korporatsiyasi saytida.
Avvalroq, Norvegiya mudofaa vazirligi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr ichida ilk marotaba mamlakatda AQShning 330 nafar dengiz piyoda qo‘shinini joylashtirishini bildirgan edi. Amerika-Rossiya munosabatlari yomonlashgan bir pallada bunday qaror qabul qilinishi keskin tanqidlarga uchradi, deb xabar qilmoqda NRK.
Iste'fodagi ikkinchi rang kapitani Yakob Byorresenning fikricha, Amerika askarlarini Yevropada joylashtirish — Moskva uchun yomon ishoradir.
"Bularning bari sharqqa yomon ishoralarni yuboradi. Biz shimolni yana qarama-qarshiliklar hududiga aylantirish bilan tavakkal qilyapmiz. Agar Moskva buni, keskinlikni bartaraf etish uchun emas, cheklash tomon jiddiy urinish deb hisoblayotgan bo‘lsa, aslida ham shunday", — degan Byorresen.
Norvegiya parlamentida ham Amerika harbiylarining joylashuvi borasida norozilik bildirilgan. Taraqqiyot partiyasining mudofaa masalalari bo‘yicha vakili Kristian Tyubring-Yyedde hukumatning bu qarori bilan Rossiyani salbiy tomondan qo‘zg‘atadi, deb hisoblaydi.
"Biz, o‘z milliy manfaatlarimizni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak, men esa, bu masalada Qo‘shma shtatlar va Norvegiyaning umumiy manfaatlari borligiga ishonmayman", — deb fikr yuritgan siyosatchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Norvegiya hukumati "ehtiyotkorroq bo‘lishi kerak".
"Biz rus ayig‘ini tinchlantirishga urinishimiz yaxshi bo‘lar edi", — deya ta'kidlagan Tyubring-Yyedde.
Markaz va Sotsialistik so‘llar partiyalari ham Amerika askarlarining doimiy ravishda Norvegiya hududida qolishiga noroziliklarini bildirishdi, deb yozadi NRK.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35 / 24.11.2024