Jamiyat | 14:23 / 27.10.2016
8667
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobodlik valyutafurushlarga sudning tegishli jazo tayinlash haqidagi hukmi o‘qildi

Foto: waynetimes.com

Bekobodlik Anvar Rahmonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hamda Akmal Mardiyev pul topishning noqonuniy yo‘lini tanlashdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ular valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish jinoyat ekanligini bilsalar-da, maqsadlaridan qaytmadilar.

Xalqimiz ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deb bejiszga aytmaydi. SVOJJDLQK departamentining Bekobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Rahmonov va A.Mardiyev fuqaro Sh.Berdiyevga 5100 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Shu bilan birga, ularning yonidan sotish maqsadida saqlab kelingan 4100 AQSh dollari, 18 ming 100 Rossiya rubli, 67 ming 500 qozoq tengesi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudida mazkur jinoiy qilmish atroflicha ko‘rib chiqildi. Valyutafurushlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topildi va ularga sudning tegishli jazo tayinlash haqidagi hukmi o‘qildi.
 

Mavzuga oid