Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung daromadi 3-chorakda 30 foizga tushib ketdi
Samsung Electronics kompaniyasining 2016 yil 3-chorakdagi operatsion daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga tushib ketdi va 5,2 trln vonni (4,6 mlrd dollar) tashkil qildi, deb aytilmoqda kompaniya xabarida. Daromad Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketishi bilan bog‘liq voqealar sababli tushib ketgan.
Samsung 3-chorakda 7,02 mlrd dollar foyda olishni kutgan, biroq bu prognozni Galaxy Note 7 smartfonlari ortga chaqirtirib olinishi sababli qayta ko‘rib chiqqan. Oqibatda kompaniya oxirgi ikki yil ichida eng past daromadni olgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kompaniyaning mobil qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvi bo‘limi 88,2 mln dollar operatsion daromad olgan, bu 2008 yil 4-choragidan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Samsung’ning 3-chorakdagi tushumi 7,5 foizga qisqargan va 43 mlrd dollarni tashkil qilgan. Mobil bo‘lim daromadi esa 15,3 foizga pasaygan va 20,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Kompaniya 4-chorakda operatsion ko‘rsatkichlarni yaxshilashga umid qilmoqda. Xususan, kompaniya mobil bo‘lim daromadi Galaxy S7 va arzon modeldagi smartfonlar sotilishi hisobiga 2015 yilning 4-choragi darajasida saqlanib qolishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026