Jahon | 14:23 / 27.10.2016
6981
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 73 nafar harbiy uchuvchini qo‘lga olishga order berildi

Foto: Anadolu

Turkiya prokuraturasi aksilterror tekshiruvlar doirasida 73 nafar harbiy uchuvchini qo‘lga olish haqida order berdi. Bu haqda 27 oktabr kuni huquq-tartibot organlari ma'lumotiga asoslanib, Anadolu xabar bermoqda.

Qo‘lga olish ishlari mamlakatning 17 provinsiyasida amalga oshiriladi. Uchuvchilar Fathulloh Gulenning Turkiyada taqiqlangan tashkilotlari safida harakatlanganlikda gumon qilinmoqda. Ma'lum qilinishicha, 73 nafar uchuvchidan 71 nafarining unvoni leytenantdir.

25 oktabr kuni Istanbulda to‘rt nafar yuqori lavozimli politsiya xodimi qo‘lga olingan edi. Ular ham Gulenning FETO tashkilotiga a'zolikda gumonlangan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ muxolifat partiyalar deputatlari hamrohligida AQShga yo‘l oldi. Tomonlar 25 oktabrda Turkiyaga Fathulloh Gulenni topshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid