O‘zbekiston | 16:22 / 27.10.2016
8760
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida issiq harorat saqlanib qoladi

Foto: Bloknot.ru

27 oktabrdan O‘zbekistonda sekin-astalik bilan havoning isishi kuzatiladi. «O‘zgidromet»ma'lumotlariga ko‘ra, oy oxirida respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi eng yuqori havo harorati 26 oktabr bilan solishtirilganda 5 daraja Tselsiyga, janubi-g‘arbiy, markaziy va sharqiy qismlarda 9−13 va O‘zbekiston janubida 7−8 darajaga ko‘tariladi.

Toshkentda 28−29 oktabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — +5…+7, kunduzi — +15…+17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 28 va 30 oktabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. 29 va 31 oktabrda ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 28 oktabr kechasi −5…−0, kunduzi — +5…+10 daraja, 29−31 oktabr kechasi — +2…+7, kunduzi -+5…+10 dan +10…+15 atrofida o‘zgarib turadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 va 30 oktabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29 va 31 oktabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28 oktabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktabrda kechasi- 0…+5, kunduzi — +13…+18 daraja, 29−31 oktabr kechasi — +3…+8, kunduzi — +18…+23 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 va 30 oktabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29 va 31 oktabr kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28 oktabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktabrda kechasi- +2…+7, kunduzi — +13…+18 daraja, 29−31 oktabr kechasi — +5…+10, kunduzi — +18…+23 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28 oktabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28−30 oktabr kechasi — +5…+10, kunduzi — +15…+20 daraja, 31 oktabr kechasi — +8…+13, kunduzi — +20…+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha o‘zgaruvchan havo kuzatiladi. 28 va 30 oktabr kunlari ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi. 29 va 31 oktabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28 oktabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28−30 oktabr kechasi — +3…+8, kunduzi — +15…+20 daraja, 31 oktabr kechasi — +7…+12, kunduzi — +20…+25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 28 va 30 oktabr kunlari ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi. 29 va 31 oktabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28−29 oktabrda kechasi — +2…+7, kunduzi — +12…+17 daraja, 30−31 oktabr kechasi — +5…+10 iliq, kunduzi — +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 28 va 30 oktabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. 29 va 31 oktabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28 oktabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 28 oktabr kuni havo harorati kechasi −3…+2, kunduzi — +5…+10 daraja, 29−31 oktabr kechasi — +1…+6, kunduzi — +8…+13 darajani tashkil etadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid