Iqlim terining holatiga sezilarli ta’sir körsatadi. Quruq iqlim şaroitida havo namlikni özlaştiradi va teri quruqşab ketadi. Bu qiçişiş va yorilişga sabab böladi. Bunday şaroitda teriga intensiv namlantiruvçi parvariş kerak. Bu vaziyatda gialuron kislotasi va kollagenga boy kosmetika ideal tanlovdir. Çunki havoda namlik kamayişi bilan teri özining tabiiy muhofaza qatlamini yöqota boşlaydi.

Qurigan teri öz elastikligini yöqotayotgani uçun ajinlar tezroq körinadi. Bu qariş belgilarini kuçaytiradi, ayniqsa mayda ajinlar çuqurlaşişi tezlaşadi va aniq sezila boşlaydi. Quruqlik teri muhofaza qatlamini yorilişga moyil qiladi. Bunday terida toşmalar, doğlar, dermatit kabi muammolar paydo böladi.

Quruq şamolli iqlim (hozirgi kuz şaroitida) asosiy vazifa: terining suv-yoğlilik balansi va muhofaza qatlamini tiklaş. Unutmang, çuqur tozalovçi gel va skrablar terini yanada quritadi. Yaxşisi teri uçun hidsiz, sulfatsiz gellarni tanlaş kerak.

Quruq havoda namlantiruvçi kremni ikki marta surtiş ham normal hisoblanadi. Işlatayotgan kosmetikangiz tarkibida: gialuron kislotasi, tseramid, glitserin, avokado yoği bölişi kerak. Yuzni yuvganingizdan keyin darhol 1–2 daqiqa içida krem surtiş — namlikni köproq saqlaydi.

Quruq va çangli havo terida oksidativ stressni kuçaytiradi. Bunda esa vitamin C, vitamin Ye kabi komponentlar yordam beradi.

Teriga eng kuçli ta’sir qiluvçi omil — uy-ofisdagi quruq havo. Buning oldini oliş uçun havo namlagiçdan foydalaniş allaqaçon urfga kirdi. Agar sizda imkon bölmasa xonadagi gullarga suv quyiş, suvni oçiq idişga solib qöyiş ham naf keltiradi.

Şu örinda tana terisi parvarişini ham unutmaslik kerak, buni köp ayollar e’tibordan çetda qoldiradi. Quruq havo qöllar, tirnoq atrofi, qovoq, tizza va tirsaklarni ham quritib, dağallaştirib yuboradi.

Bu yilgi kuzning ğayritabiiy quruqligi ayollar terisiga qöşimça yuklama beradi: namlik tez yöqoladi, himoya zaiflaşadi, sezgirlik oşadi. Ammo töğri tanlangan parvariş vositalaridan foydalansangiz, buning çorasi oson.