Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botir Parpiyev tadbirkorlar huquq va manfaatlarini shaxsan himoya qiladi
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev soliq to‘lashdan bosh tortayotgan tadbirkorlar ishi bilan shug‘ullanib, ularni prokuratura organlariga shaxsan yuboradi. Parpiyev, «Istiqlol» san'at saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda shu haqda ma'lum qilgan.
«Men barcha tadbirkorlarni ogohlantirib qo‘ymoqchiman, – degan Parpiyev. – Soliq tizimi tashqarisida qolmoqchi bo‘lganlar yuzasidan hujjatlarni prokuraturaga shaxsan topshirib, jinoiy javobgarlikka tortishni so‘rayman». Garchi, buni amalga oshirish mushkul bo‘lsa-da, shunday qilishini qayd etgan Parpiyev.
Majlis tashkilotchilarining fikricha, tadbirkorlarni biznes yuritish sohasidagi yangiliklardan, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va sud-huquq tizimini isloh qilish borasidagi o‘zgarishlardan boxabar qilish maqsadida uyushtirilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi rahbari o‘z chiqishida 2015-2016 yillarda tadbirkorlar tomonidan soliqlar va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida 225 mlrd so‘mni to‘lanmaganiga e'tibor qaratgan. 35 mlrd so‘mlik xizmat va mahsulotlarga chek berilmagan, 71 mlrd so‘mlik naqd pul banklarga topshirilmagan.
Shu bilan birga, Botir Parpiyev tadbirkorlarning huquq va erkinliklarini ham shaxsan himoya qilishini ta'kidlagan. Ularning faoliyati tekshirilishiga to‘xtalgan Parpiyev, respublika bo‘yicha korxonalarda bir yilda 4 mingdan ortiq rejadan tashqari tekshiruvlar, 1,5 ming belgilangan tekshirishlar amalga oshirilishini ma'lum qilgan.
Tadbirkorlik subektlarida amalga oshiriladigan rejadan tashqari tekshiruvlar natijasida o‘rtacha 1,5 mlrd so‘mlik ma'muriy jarima solinadi. 1,5 ming material ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuboriladi. Shuningdek, 25 mlrd so‘m atrofida zarar keltiruvchi 200 korxona faoliyatiga chek qo‘yiladi.
Shu bilan birga, Parpiyevning ta'kidlashicha, endilikda, tadbirkorlarning tekshirishlar bilan bog‘liq zararlari o‘tmishda qoladi. 2017 yildan barcha rejadan tashqari va belgilangan tekshiruvlar bekor qilinadi. Bu soliq inspeksiyasi tomonidan kameral nazoratni kuchaytirish orqali ta'minlanadi.
Mavzuga oid
11:12 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
11:00 / 23.07.2022
Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashdi
19:55 / 17.01.2022