General Electric Baker Hughes kompaniyasini xarid qilmoqchi
Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi Baker Hughes neftservis kompaniyasini xarid qilish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu bitimga oid muzokaralar oshkor hisoblanmagani bois, uning tafsilotlari ma'lum emas. Manbalarning ta'kidlaricha, muzokaralar biron kelishuvga erishilmasdan avval tugashi ham mumkin.
Baker Hughes kompaniyasi narxi 23 mlrd dollarga baholanadi, ammo, nashrning yozishicha, u 30 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ evaziga sotib yuborilishi mumkin. GE kompaniyasining bozor qiymati 259 mlrd dollardir.
Ta'kidlanishicha, 2014 yili Baker Hughes raqobatchisi Halliburton tomonidan sotib olinishi borasida kelishuvga erishgan, biroq AQSh adliya vazirligi tomonidan ruxsat berilmagan edi.
Mavzuga oid
09:19
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024