Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi Baker Hughes neftservis kompaniyasini xarid qiliş borasida muzokaralar ötkazmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi öz manbalariga asoslangan holda. 

Xabarlarga köra, uşbu bitimga oid muzokaralar oşkor hisoblanmagani bois, uning tafsilotlari ma'lum emas. Manbalarning ta'kidlariça, muzokaralar biron kelişuvga erişilmasdan avval tugaşi ham mumkin. 

Baker Hughes kompaniyasi narxi 23 mlrd dollarga baholanadi, ammo, naşrning yozişiça, u 30 mlrd dollardan ortiqroq mablağ evaziga sotib yuborilişi mumkin. GE kompaniyasining bozor qiymati 259 mlrd dollardir.

Ta'kidlanişiça, 2014 yili Baker Hughes raqobatçisi Halliburton tomonidan sotib olinişi borasida kelişuvga erişgan, biroq AQŞ adliya vazirligi tomonidan ruxsat berilmagan edi.