Jamiyat | 15:52 / 28.10.2016
8233
2 daqiqa o‘qiladi

«Nobel Pharmsanoat» kompaniyasiga GMP standarti sertfikati topshirildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Dori vositalari va tabbiy vositalar sifatini nazorat qilish Bosh Boshqarmasida mamlakatimizda o‘n besh yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan «Nobel Pharmsanoat» kompaniyasiga GMP standarti sertfikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekistonda 2000 dan ziyod nomdagi dori-darmon va tibbiy vositalar ishlab chiqaruvchi 119 ta korxona samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Nobel Pharmsanoat» 2012 yilda ISO 9001:2008, 2014 yilda esa ISO 22000:2005 xalqaro sifat sertifikatlariga ega bo‘lgan edi. Texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari doirasida Turkiya, Koreya, Hindiston, AQSh, Germaniya, Xitoy, Shveytsariya, Angliya, Italiya va Yaponiyada ishlab chiqarilgan yangi ishlab chiqarish va laboratoriya uskunalari o‘rnatildi. Mahsulot turi va hajmini oshirish maqsadida Toshkent shahrining Qorasuv mavzesida tayyor dori mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi bino jihozlanib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan yangi zamonaviy farmatsevtika fabrikasi qurilishi nihoyasiga yetmoqda. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 13,5 million AQSh dollariga teng bo‘lib, ushbu fabrika ishga tushgach, kompaniya yiliga 20 million quti import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan yuqori sifatli dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Suratda: «PHARMASTANDARDS» sifat menejmentini sertifikatlash organi rahbari, ekspert-auditor A. F. Do‘smatov hamda «NOBEL PHARMSANOAT» kompaniyasi Bosh direktori K. J. Chetin.

Mavzuga oid