Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik harbiylar Putindan Halabning sharqiy qismini bombalashga ruxsat so‘radi
Rossiyalik harbiy xizmatchilar mamlakat prezidenti Vladimir Putindan Suriyaning Halab shahri sharqidagi tumanlarni bombalashni tiklashga ruxsat so‘radi. TASS xabariga ko‘ra, Bosh shtabning operativ boshqarmasi rahbari Sergey Rudskoy bu hududda terroristlar in qurganini aytgan.
«Jangarilar faol ravishda hukumatga qarshi harbiy harakatlar boshlagani tufayli tinch aholi vakillari qurbonga aylanishi ehtimoli yuzga keldi. Biz Rossiya federatsiyasi qurolli kuchlari oliy qo‘mondonligiga Halab sharqidagi noqonuniy kuchlarni bombardimon qilishga ruxsat berishni so‘rab murojaat qilamiz», — degan u.
Bundan oldinroq, Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili, genaral-mayor Igor Konashenkov Halabdagi maktablardan biriga shaharning sharqiy qismiga o‘rnashgan jangarilar tomonidan zarba yo‘llangani haqida ma'lum qilgandi.
Biroz oldinroq, Suriya muxolifat kuchlari Halabning sharqiy qismidan hukumat harbiylarini surib tashlash uchun keng ko‘lamli hujum boshlagani ma'lum qilindi.