Jahon | 11:05 / 28.10.2016
10735
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidentining reytingi rekord darajada tushib ketdi

Foto: © RIA Novosti

Koreya Respublikasining davlat rahbari Pak Kin Xening mamlakat fuqarolari orasidagi obro‘si keskin tushib ketdi. Gallup institutining Janubiy Koreyadagi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga binoan uning reytingi 17 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda “Yonxap” agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bir hafta ichida davlat rahbari obro‘si birdaniga 8 foizga tushgan va bugungi kunda Pak Kin Xeni mamlakatning 17 foiz aholisi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunday quyi natija uning saylanganidan beri ilk marta kuzatilmoqda.

Pak Kin Xening davlat rahbari lavozimida olib borayotgan siyosatini ma'qullamayotganlar soni, tadqiqotlarga ko‘ra, 74 foizga yetgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid